Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs fuqarolardan qurolni xarid qilish bo‘yicha murojaati aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 14 fevral kuni Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasida, 2006 yilda tug‘ilgan, ruhiy nosog‘lom S.M. fuqarolarga o‘zining uyali telefonidan qurol rasmini ko‘rsatib, uni qayerdan xarid qilish haqida so‘ragan. Shundan so‘ng voqea joyidan ketib qolganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv jarayonida ushbu fuqaro ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.