Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum fuqaro jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan harakatlanganligi aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 23 avgust kuni tonggi soat 04:30 larda Mirobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi ko‘prik ostida 1980 yilda tug‘ilgan P.A., yalang‘och holatda jamoat joyida harakatlanib, jamoat tartibini buzgan va fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lgan. Shu hududda xizmat olib borayotgan PPX xodimlari tomonidan ushbu fuqaro to‘xtatilib, shaxsi tekshirilganda, muqaddam ruhiy-asab kasalligi sababli davolanganligi aniqlangan.
Hozirda fuqaro Ruhiy kasalliklar dispanseriga joylashtirilgan.