Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 9 iyul kuni taxminan soat 23.50 larda Olmazor tumani, Qoraqamish dahasida joylashgan kafelarning birida 1989 yilda tug‘ilgan, shu kafe xodimi N.Sh va mijoz 1992 yilda tug‘ilgan K.S lar jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimay og‘zaki tortishib qolganliklari natijasida tomonlar o‘zaro janjallashib ketganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) hamda 41-moddasi (Haqorat qilish) alomatlari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.