5 Iyul 2025 Yil 790

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta shaxslar giyohvandlik vositasini iste’mol qilayotgani aks etgan video tarqalib turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 2 iyul kuni fuqarolar (1998 yilda tug‘ilgan A.F., 2005 yilda tug‘ilgan O.Sh., 2006 yilda tug‘ilgan M.I. va 2006 yilda tug‘ilgan M.U.) Yashnobod tumanidagi mahallalardan birida giyohvandlik vositasini iste’mol qilganliklari aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga bog‘liq holatlarga guvoh bo‘lsangiz t.me/stopnarko_bot telegram boti orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech