Respublikamizda yoshlar aholining aksariyat qismini tashkil etadi. Yosh avlodni milliy qadriyatlarimiz, anʼanalarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalash, vatarparvarlik, xalqparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirishda kattalarning o‘rni beqiyos. Shu maqsadlarda yoshlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Shunday uchrashuvlarning navbatdagisi joriy yilning 7 oktyabrida poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan O‘zbek milliy sanʼati saroyida tuman IIO FMB boshlig‘i, polkovnik Otabek Jamolov, tuman prokurori hamda boshqa masʼullar tomonidan o‘tkazildi. “Rahbar va yoshlar” doirasida tashkil etilgan uchrashuvda 25 nafar yoshlarning murojaatlari tinglandi. Ularning 20 tasi qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi. 5 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, ijrosini taʼminlash borasida masʼullarga tegishli topshiriqlar yuklandi. Taʼkidlash joizki, bu kabi rahbar va yoshlar uchrashuvi jarayonida yoshlarning murojaatlari, savollariga eʼtibor va individual yondashuv orqali ularning haq-huquqlariga, manfaatlariga hurmat va kafolati namoyish etilmoqda. O‘z o‘rnida rahbarlarning xalq manfaatlari yo‘lida amalga oshirayotgan ishlari, bilim va tajribalari, ular kelajagiga g‘amxo‘rliklari ularga ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.