2 Iyul 2024 Yil 1455

Rahbar va yoshlar uchrashivi – ochiqlik va samimiylik

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov poytaxt IIBB tizimida ishlovchi yosh xodimlar bilan uchrashib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda poytaxt IIBB boshlig‘i A.Tashpulatov yurtimizda yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda 2024 yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilindi. Bu yurtimiz yoshlarining mamlakatimiz ravnaqi va yuksalishi, fuqarolarning farovon turmush, munosib hayotga ega bo‘lishi, jahondagi ilg‘or jamiyatlar safidan o‘rin olishi kabi maqsadlarni hayotga tatbiq etishdagi o‘rni va roli zalvorli ekanligining eʼtirofi bo‘ldi.

Yoshlarga bo‘layotgan bu kabi eʼtibor IIO tizimidagi yosh xodimlarni ham chetlab o‘tmadi.  Toshkent shahar IIBB da xizmat olib borayotgan yoshlar orasida 13 nafar Respublika chempionlari, 5 nafar Xalqaro turnir va musobaqalar sovrindorlari, 4 nafar Qitʼa chempionlari, 10 nafar Jahon chempionlari hisoblangan yosh xodimlarimiz borligi, ular mamlakatimiz bayrog‘ini jahon arenalarida yuksaklarga ko‘tarib kelayotgani faxrimiz ekanligini taʼkidlab o‘tdi A.Tashpulatov.

Shu bilan birga tadbirda yosh xodimlar orasida qonunchilik va xizmat intizomini buzish holatlari sodir etilayotganligi tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.

Shundan so‘ng, tizimda o‘z mehnati va erishgan yutuqlari bilan barchaga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh yoshlarga faxriy yorliqlar topshirildi. Ko‘p yillar davomida IIO tizimida mehnat qilib, pensiya yoshiga yetgan xodimlar tantanali ravishda nafaqaga kuzatildi.

Tadbirning keyingi qismida yosh xodimlar va IIBB boshlig‘ining ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqotda yoshlar o‘zining taklif va mulohazalarini, muammolarini bosh boshqarma boshlig‘iga bildirishdi. Yoshlarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganib yechimini topish, xizmatga oid takliflarini, fikr va mulohazalarini inobatga olinib kelgusi xizmat faoliyat uchun zarur chora-tadbirlarni belgilab olindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech