12 Sentyabr 2025 Yil 510

"Rahbar va yoshlar uchrashuvi"

Yurtimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashlari uchun munosib sharoit yaratish – davlatimiz siyosatida ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Shu maqsadda joylarda mutasaddi rahbarlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ta’lim muassasalari o‘rtasida turli muloqot va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan, Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyati Toshkent davlat arxitektura-qurilish institutida tahsil olayotgan 150 nafar talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik va turli salbiy illatlarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullari, oson pul topaman deb giyohvandlik va psixotrop moddalarining domiga tushib qolmaslik, yomon illatlarga qarshi birgalikda kurashish, atrofda bo‘layotgan voqealarga befarq bo‘lmaslik haqida fikr almashildi.

Yoshlarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, turli yot g‘oya va ta’sirlarga qarshi ma’naviy immunitetini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan viruslardan ehtiyot bo‘lishliklari, bank kartalari bilan amaliyot bajarganda hushyor turishlari, shaxsiy ma’lumotlarni hechkimga bermasliklari tushuntirildi.

Uchrashuv davomida talabalar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi

Barcha yangiliklar

Text to speech