20 Mart 2024 Yil 1922

Bizning maqsadimiz qulaylik va xotirjamlikni taʼminlashdir

Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlarining asosiy vazifalaridan biri bu mamlakatimizga kelgan sayyohlarning xavfsizligini taʼminlashdir. Ular mehmonlarga kutilmagan vaziyatlarda yordam berish uchun birinchilar qatorida yetib kelishadi.

Yaqinda mamlakatimizga sayyoh sifatida kelgan Xitoy fuqarosi Ie Go shunday vaziyatga tushib qoldi. U poytaxtimizdagi restoranlardan birida taomlangandan so‘ng, mehmonxonasiga yetib borish uchun taksiga o‘tiradi. Belgilangan manzilga yetib kelgach, avtomashinaning orqa o‘rindig‘ida 2 dona uyali telefonlarini unutib qoldiradi va mehmonxonaga kirib ketadi. Ertasi kuni esa telefonlarini topa olmay, Toshkent shahar IIBBning “102” raqamiga xabar beradi.

Bosh boshqarma Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi hamda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB tezkor-qidiruv xizmati xodimlarining saʼy-harakatlari natijasida, avtomashina haydovchisi topilib, uyali telefonlar egasiga qaytarildi. Bunday tezkorlikni kutmagan sayyohning xursandchiligi cheksiz edi.

Mazkur boshqarmalar xodimlarining tezkorligi va uyg‘unligi, mamlakatimizda xavfsiz turizmni taʼminlashning yana bir ajoyib ko‘rsatkichi bo‘ldi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech