Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning 6 iyulida nomaʼlum kimsa 51-yoshli E.Vaziraga tegishli fermer xo‘jaligi hududiga kirib, 7 dona 35.000.000 so‘mlik qoraqarag‘ayni o‘g‘irlab ketgan. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘irlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlangan 35 yoshli T.Dilmurod ushlangan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Unutmang, o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lgan daraxt va butalarni o‘g‘irlash ham jinoyat hisoblanadi.