7 Oktyabr 2024 Yil 799

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Qatag‘on qurbonlari – xalqimiz armonlari” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Mashhuraxon Darmonova maʼruza qildi. U o‘z nutqida, tarixini yodda tutmaydigan, muhim hayotiy haqiqatlarning mazmun-mohiyati hamda maʼnosini anglay olmaydigan xalqning kelajagi yo‘qligini, shuningdek Vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarning bukilmas irodasi va matonatiga ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun muqaddasligini alohida taʼkidlab o‘tdi.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Jadidlar” nomli videorolik hamda “Tahlilnoma” axborot dasturi namoyish etildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech