24 Avgust 2025 Yil 363

Qaror talablari yuzasidan o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda

Mamlakatimizda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish borasida kompleks chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1 – son Qarori o‘z natijalarini bermoqda. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan mahallalarga masʼullar biriktirilib, har birining vazifalari aniq belgilab berilgan.

Kuni kecha Yakkasaroy tumani IIO FMBda shu yo‘nalishda o‘quv seminar tashkil etildi. Unda tumanda joylashgan mehmonxona, xostel, mehmon uyi, davolash maskani kabi xizmat ko‘rsatish obyektlari rahbarlari, tuman IIO FMB masʼullari ishtirok etishdi. Tadbir jarayonida qayd etilishicha, tumanda 290 ta xizmat ko‘rsatish obyektlari o‘z faoliyatini yuritmoqda. Ushbu obyektlardagi 98 ta kuzatuv kameralari Toshkent shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markaziga integratsiya qilingan. Kameralashtirish va tashvish tugmalarini o‘rnatish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida bu obyektlarda jinoyatchilik kamayishiga erishilgan. Jumladan, 2025 yilning 7 oyi davomida 12 ta jinoyat qayd etilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida 33 ta jinoyat sodir etilgan, jinoyatchilik 36,4 foyizga kamaygan.

Uchrashuvda bu ko‘rsatkich bilan to‘xtab qolmaslik, barcha xizmat ko‘rsatish obyektlarini kameralashtirish va barchasiga tashvish tugmalarini o‘rnatish lozimligi, buning natijasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish imkoni yaratilishi tushuntirildi.

Shuningdek, so‘zga chiqqan mutasaddilar tumanda tashkil etilayotgan oilaviy mehmon uylar soni ortib borayotganini. bu esa poytaxtimizga tashrif buyurayotgan turistlar soni ortayotgani va ular istiqomat qilishlari uchun qulay narxlardagi imkoniyatlar yaratilayotganligini taʼkidlashdi. Yig‘ilish qatnashchilariga oilaviy mehmonxonalar tashkil etishning qonuniy asoslari va talablari tushuntirildi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga masʼullardan javoblar olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech