25 Fevral 2025 Yil 434

Qaror ijrosi – amalda. Mirzo Ulug‘bek tumanida amalga oshirilayotgan ishlar

Prezidentimiz tomonidan joriy yilning yanvarida yurtimiz mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qabul qilgan qaroridagi belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta'minlash bo‘yicha poytaxtimiz Ichki ishlar bosh boshqarmasi tasarrufidagi barcha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tizimlarda qarorning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, kuch va vositalarni jalb qilish, to‘g‘ri va manzilli taqsimlash, ijro samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlar jadallashtirib yuborildi. Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB rahbariyati kuni kecha tumanda joylashgan 64-sonli umumta'lim maktabi yuqori sinf o‘quvchilari bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Boshqarma boshlig‘ining ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, mayor Dilshod Ismailbekov, 3-sonli IIB boshlig‘i mayor A.Kambarovlar o‘quvchilarga diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlarning ayanchli oqibatlari, internet tarmoqlari orqali tarqatilayotgan madaniyatimiz, qadriyatlarimizga yot, buzg‘unchi g‘oyalarga aldanib qolmaslik haqida hayotiy misollar yordamida ogohlantirish, tushuntirishlar berishdi. Yig‘ilish so‘ngida o‘quvchi va ma'ruzachilar o‘rtasida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Tuman IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Farxod Jabborov ishtirokida tumanda joylashgan Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi ham yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar tahliliga qaratildi. Jumladan, raqamli texnologiyalarning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi natijasida internet tarmoqlarida buzg‘unchilik va zalolatga da'vat qiluvchi turli havola va guruhlarning to‘riga ilinmaslik, giyohvandlik, ularni tarqatish yoki graffiti orqali mo‘may pul topish vasvasasiga tushmaslik, bularning oxiri javobsiz qolmasligi haqida hayotiy misollar yordamida so‘zladi. Shuningdek, kiberjinoyatlar, ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarliklardan ogoh bo‘lish, tengdoshlarini hushyorlikka chaqirib, birgalikda bu va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashishga chaqirdi. Talabalar ma'ruzachini diqqat bilan tinglab, uchrashuv so‘ngida o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga qoniqarli javoblar olishdi. Bu kabi profilaktik tadbirlar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: