Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan poytaxtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish holatini yaxshilash, mahallalarda xavfsiz muhitni taʼminlash yuzasidan tezkor-profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida shahar IIBB Yagona tezkor boshqaruv markazining “Qalqon” tizimi orqali joriy yilning 9 yanvar kuni firibgarlik, o‘g‘irlik va tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganligi sababli qidiruvda bo‘lgan 6 nafar fuqaro aniqlandi va ushlandi.
Bundan tashqari, “Qalkon” tizimi yordamida shu kuni soat 11.52 larda Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasida olib qochilgan “Malibu” rusumli (davlat raqami 01 S 797 BB) avtomashina topildi.