9 Yanvar 2023 Yil 911

Giyohvandlik vositalarini xarid qilgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi

Giyohvandlik - yosh avlod kelajagiga raxna soluvchi, taqdirlarni buzadigan, tubsizlik va o‘limga olib keluvchi yovuzlik.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, kuchli taʼsir qiluvchi, psixotrop hamda tarkibida psixotrop moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish va ularni oldini olish borasida doimiy kurash olib borilmoqda. Jumladan, 2022 yilning 27 dekabr kuni Toshkent shahar IIBB Tezkor qidiruv va Patrul-post xizmati xodimlari Yashnobod tumanida o‘tkazilgan profilaktik tadbir davomida, o‘zlarini shubhali tutgan bir guruh shaxslarni payqab qolishgan. Xolislar ishtirokidagi tekshiruv natijasida, 20 yoshli Doniyorbek X., 37 yoshli Nurlan U., 39 yoshli Oybek Z. va yana bir necha fuqarolar yonida paketchalarga joylangan o‘tkir hidli, ko‘k rangli moddalar borligi aniqlangan.

Vaziyatga oydinlik kiritish chog‘ida, gumonlanuvchilar ushbu moddalarni telegram-kanal orqali 300.000 so‘mga buyurtma qilib, “zakladka”ning manzilini olganliklarini maʼlum qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech