30 Noyabr 2023 Yil 1705

"Profilaktika kuni" doirasida yoshlar o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borildi

Payshanba - profilaktika kuni munosabati bilan Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan tumandagi umumtaʼlim maktablarida voyaga yetmagan o‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borildi, o‘quvchilarga «Giyohvandlik - umr zavoli» nomli videorolik namoyish etildi.


Bundan tashqari umumtaʼlim maktabini bitirib, biroq oliy taʼlim muassasasiga o‘qishga kirmagan, hech qayerda ishlamaydigan fuqarolarni ishga joylashtirish choralari ko‘rildi.


Shuningdek, Profilaktika kuni doirasida Toshkent Moliya institutida hududiy profilaktika inspektori A.Narbayev va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektor N.Islamova tomonidan talabalar o‘rtasida "Korrupsiya taraqqiyot zavoli" nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Suhbat davomida korrupsiya muammosi va unga qarshi kurashish masalalari haqida so‘z yuritildi. Korrupsiya demokratik jarayonlarning amalga oshishiga to‘sqinlik qilishi, iqtisodiy rivojlanishning sekinlashishi, kadrlar sifatining pasayishi va sohalarning oqsashiga, uyushgan jinoyatchilikning ildiz otishiga sabab bo‘lishi haqida to‘xtalib o‘tildi. Suhbat davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi xalqaro hujjatlar haqida ham maʼlumotlar berildi. Shuningdek talabalarga giyohvandlik, terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashish haqidagi videoroliklar namoyish qilindi.

Barcha yangiliklar

Text to speech