12 Iyul 2025 Yil 604

Profilaktika inspektorlarining faoliyati sarhisob qilindi

Yangihayot tumani hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, mas’ul rahbarlar hamda mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar ko‘rildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, profilaktika inspektorlarining ish samaradorligi tahlil qilinib, faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan xodimlar tanqid ostiga olindi.

Shuningdek, yig‘ilish yakunida xizmat vazifasini namunali bajarayotgan bir qator xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

© Yangihayot tumani hokimligi Matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Barcha yangiliklar

Text to speech