6 Noyabr 2024 Yil 511

Profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda

Xalq osuda yashasa ishda unumdorlik va rivojlanish bo‘ladi. Buning uchun huquq posbonlari doimo xalq xizmatiga bel bog‘lab, o‘zlariga biriktirilgan hududlarda muntazam profilaktik tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda. Zero, dono xalqimizning kasalni davolagandan ko‘ra uning oldini olgan yaxshi degan naqli bejizga avloddan avlodlarga o‘tib kelayotgani yo‘q.

“Toshkent shahrida kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir qiluvchi omillarni ilmiy yondashuv asosida kompleks tahlil qilish hamda hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi” hamda Toshkent shahar IIBB va IIV Akademiyasi boshliqlarining qo‘shma farmoyishining ijrosini taʼminlash maqsadida Bektemir tumanidagi “COMPASS savdo majmuasi”, “Qo‘yliq buyum bozori” hamda “Vodiy avtoturargoh” hududlarida Toshkent shahar IIBB PPXB va Bektemir tuman IIO FMB masʼul xodimlari, IIV Akademiyasi kursantlari hamkorlikda jamoat xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash borasida manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, aholi ogohlikka chaqirilib, jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilayotganlik holatiga duch kelgan taqdirda zudlik bilan IIO ga murojaat qilishlari lozimligi tushuntirilmoqda. Jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun ahamiyat berish kerak bo‘lgan jihatlar aholi orasida targ‘ib qilinmoqda.

Bu kabi tadbirlar poytaxtning boshqa tumanlarida ham olib borilmoqda.


Barcha yangiliklar

Text to speech