Profilaktik hisobdagi yoshlar uchun Bo‘stonliq tumanidagi dam olish maskaniga sayohat uyushtirildi
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan Yoshlar ishlari agentligi va Milliy gvardiya hamkorligida o‘smirlarning dam olish maskaniga bir haftalik sayohati tashkil etildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi va hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida poytaxtimizning turli tumanlarida profilaktik hisobda turgan 100 nafardan ortiq bola Bo‘stonliq tumanidagi ko‘rkam dam olish maskanlaridan biriga taklif etildi.
Toza tog‘ havosi, go‘zal tabiat, qiziqarli o‘yin-kulgi – bularning barchasi o‘smirlarga kuch-g‘ayrat va yaxshi kayfiyat ulashishga sabab bo‘ldi. Bir hafta davomida o‘smirlar sport musobaqalarida ishtirok etib, tajribali o‘qituvchi va tibbiyot xodimlari tomonidan ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, o‘tinda ovqat pishirish va boshqa ko‘plab foydali ko‘nikmalar o‘rgatiladi.
Yoshlar xavfsizligi ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.