24 Avgust 2025 Yil 367

Probatsiya ro‘yxatida turuvchilar bilan yuzma-yuz muloqot

Xalq dardini tinglash, ularni qiynab kelayotgan savollariga qonuniy javob berish, dardiga malham bo‘lish orqali fuqarolarimizni yurtimiz ravnaqi, taraqqiyoti, qonuniy davlat, fuqarolik jamiyati barpo etishga bo‘lgan ishonchi tobora mustahkamlanib kelmoqda. Jamiyatimizda hech kim o‘z tashvish va muammolari bilan o‘z holiga tashlab qo‘yilmagan. Xususan, bilib-bilmay jinoyat sodir etib, jazo muddatlarini o‘tab kelayotgan mahkumlarning ham. Bunga kuni kecha Yunusobod tumani IIO FMB boshlig‘i Muzaffar Saydazimov tomonidan tuman Probatsiya bo‘limi ro‘yxatida turuvchi mahkumlar bilan o‘tkazilgan sayyor qabuli yaqqol misol. Rahbar tomonidan Probatsiya bo‘limi ro‘yxatida turuvchi mahkumlar bilan sayyor qabul o‘tkazildi. Tadbir davomida mahkumlarning kundalik turmush tarzida uchrayotgan muammo va takliflari tinglandi. O‘rganishlar natijasida mutasaddi tashkilotlar hamkorligida ularga amaliy yordam ko‘rsatildi. Taʼkidlash lozimki, har bir murojaat alohida o‘rganilib, qator masalalar joyida ijobiy hal etildi. Murojaatlardagi vajlarni tekshirish muddat talab qilganlari yuzasidan ijro muddatlari belgilanib, ularni qonunan hal etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari har bir mahkum bilan profilaktik-tushuntirish suhbatlari olib borildi. Ular orasida o‘z xatolarini anglab, to‘g‘ri hayot tarzini tanlagan, halol mehnat bilan turmushlarini yo‘lga qo‘yish niyatida bo‘lganlarning ko‘payib borayotgani eʼtirofga loyiq. Bu muttasil ravishda olib borilayotgan suhbatlar, profilaktik-tushuntirish ishlarining natijasi, albatta.

Barcha yangiliklar

Text to speech