Probatsiya xizmati xodimlari o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan mashg‘ulotlar o‘tkazildi
Toshkent shahar IIBBda Probatsiya xizmati xodimlari o‘rtasida xizmat, jangovar va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulotlarda shahar IIBB Probatsiya boshqarmasi hamda tuman IIO FMB Probatsiya bo‘lim (guruh) lari shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbirda ichki ishlar organlarida xizmat intizomi talablariga, qonunchilikka rioya qilish, mavjud muammolar va ularga yechim topish yo‘llari haqida so‘z bordi.
Mashg‘ulotlar so‘nggida kelgusida xodimlarni sohasi bo‘yicha bilim, tajriba va ko‘nikmalarini, shuningdek, jismoniy va jangovar shayligini yana-da oshirish, korrupsion hamda tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarni o‘z xizmat vazifalarini qonuniylikka qatʼiy amal qilgan holda bajarishlari yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.