Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatovning Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda 25 oktyabr – “Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan bayram tabrigi
Qadrli hamkasblar, muhtaram faxriylar!
Sizlarni, 25 oktyabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan tabriklayman.
Barchaga maʼlumki, ichki ishlar organlari xodimlarining mehnati mashaqqatli, shu bilan birga sharaflidir. Zero, har bir xodimning oliy burchlaridan biri – xalqimiz manfaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishdir.
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari poytaxt hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklarni oldini olishda tunu kun xizmat qilmoqdalar.
Poytaxt Ichki ishlar organlarining barcha xodimlari – ofitserlar, serjant va safdorlarni, xizmatchilarni, qadrli faxriylarimizni, shuningdek, o‘z xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan hamkasblarimizning oila aʼzolarini bayram bilan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilangizga tinchlik va osoyishtalik tilayman.
Yurtimiz mustaqilligini asrash, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlash, xalqimiz tinchligi va farovonligini ishonchli himoya qilish yo‘lida olib borayotgan sharafli hamda masʼuliyatli faoliyatingizda omad yor bo‘lsin.