18 Avgust 2024 Yil 2787

Poytaxtning qator tuman IIO FMB tergov xizmati xodimlariga qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha maʼlumotlar berildi

Toshkent shahar IIBBda sohaviy xizmat xodimlarining malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etilmoqda. Kuni kecha Yunusobod tumani IIO FMBda sud va prokuratura organlari hamkorligida tergovchilar uchun amaliy va nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Unda tergovchilar va surishtiruvchilar ishtirok etdi.

O‘quv seminari davomida tergov organi hamda surishtiruv tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda sudlar tomonidan chiqarilgan xususiy ajrimlar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati tergovchi va surishtiruvchilarga yetkazildi.

Bu kabi o‘quv seminarlari Olmazor va Sergeli IIO FMBlarda ham tashkil etildi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech