6 Noyabr 2023 Yil 1105

Poytaxtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi keng miqyosda davom etmoqda

Toshkent shahridagi 3-sektor rahbarlari ham mazkur tashabbusda faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Yunusobod tumani 3-sektoriga qarashli «G‘ayratiy» mahallasi hududida 50 ta mevali va 55 ta manzarali, jami 105 tup daraxt ko‘chatlari masʼul tashkilotlar va mahalla aholisi bilan birgalikda ekildi.

Ushbu loyiha boshlanganidan buyon respublikamizning uy-joy massivlarida yashil bog‘ va jamoat parklari, yashil hudud va qoplamalar barpo etildi. Bundan tashqari, joriy yilning 1 dekabrigacha, yurtimiz bo‘ylab loyiha doirasida 85 million tup ko‘chat ekish rejalashtirilgan. 

Barcha yangiliklar

Text to speech