O‘zbek xalqining madaniyati, urf-odati va anʼanalari, milliy liboslari uzoq tarixga ega bo‘lib, dunyo tamadduni tomonidan ham eʼtirof etib kelinmoqda.
Milliy qadriyatlarimizni yuksaltirish va xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 9-14 sentyabr azim Toshkent shahrida “Xon atlas haftaligi” o‘tkazilmoqda. Haftalik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimalari, jumladan Toshkent shahar IIBB ayol xodimalari ham faol ishtirok etmoqda.
Yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, milliy urf-odat va anʼanalar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar poytaxtimiz mehmonlarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. O‘zbek milliy shoyi matolari – atlas va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba ro‘yxatiga kiritilganini ham alohida eʼtirof etish lozim.