Poytaxtda tungi tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda
Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari tun-u kun xalq xizmatida. Toshkent shahar IIBB YHXB va PPX xodimlari tomonidan bir kunda quyidagi natijalarga erishildi: - 3 764 ta qoidabuzarliklar aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan; - 229 ta transport vositalarining o‘tib ketgan qarzdorligi borligi aniqlangan; - 25 nafar haydovchi transport vositalarini mast holatda boshqarganligi aniqlanib, transport vositalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan; - 188 nafar haydovchi transport vositalarini tegishli meyoriy hujjatlarsiz boshqarganligi aniqlangan; - 15 nafar haydovchi transport vositasiga ruxsatsiz sirena va maxsus yonib-o‘chuvchi chiroqlarni o‘rnatgan; - 5 nafar haydovchi o‘zboshimchalik bilan davlat raqamini yechib olib harakatlangan; - 60 nafar haydovchi transprrt vositasini qayta jihozlagan; - 726 nafar haydovchi piyodalarga yo‘l bermasdan harakatlangan; - 15 nafar haydovchi IIO xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatlangan; - 15 nafar fuqarolar o‘tkir tig‘li buyumlarni o‘rnatilgan tartibga zid ravishda olib yurgan. Aniqlangan barcha huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli ma’muriy bayonnomaoar rasmiylashtirilib, jazo muqarrarligi prinsipi ta’minlangan. Bundan tashqari, 5 ta giyohvanllik bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlanib, hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun tuman IIO FMBga taqdim etilgan. Bu kabi tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.