Aholining muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar IIBB va barcha tuman IIO FMB rahbarlari tomonidan muntazam ravishda sayyor qabullar tashkil etiladi. Jumladan, ikki kun davomida poytaxt IIBB boshlig‘ining o‘rinbosarlari Xalq qabulxonalarining masʼullari, tegishli mutasaddi tashkilot va muassasalar bilan 12 ta tumanda sayyor qabullar o‘tkazishdi. Ushbu qabullarda fuqarolardan 270 ta masaladagi murojaatlar kelib tushdi.
Ularning 16 tasi tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov masalalarida, 52 tasi fuqarolik va pasport-viza sohasida, 18 tasi yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash yo‘nalishida, 50 tasi probatsiya bilan bog‘liq, 30 tasi ijtimoiy masalalar, 83 tasi moddiy yordam va boshqa masalalar bilan bog‘liq. Shu bilan birga qabullar davomida fuqarolardan ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq 12 ta minnatdorchilik kelib tushgan.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, har bir muammo ortida inson taqdiri hamda manfaatlari yotibdi. Har bir murojaat tegishli boshqarma va tashkilot rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqilib, 190 tasi joyida ijobiy hal etildi. 8 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, o‘rganish va qonuniy hal etish uchun qo‘shimcha muddat talab etiladigan 72 ta murojaatlar bo‘yicha tegishli idoralarning mutasaddilari zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.