1 Fevral 2024 Yil 1236

Poytaxtda maʼnaviyat oyligi doirasidagi tadbirlar

Maʼnaviyat oyligi doirasida Ichki ishlar vazirligiga qarashli 1-sonli Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari uchun davra suhbatlari, muzeylarga ekskursiya, kitobsevarlar bellashuvlari kabi tadbirlar tashkil etilmoqda.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida kuni kecha litseyda Mudofaa vazirligi harbiy orkestri vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar bo‘lajak xodimlar bilan harbiy xizmatning kundalik tarzi bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv davomida harbiy orkestr ijrosida konsert dasturi namoyish etilib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashildi.

Bundan tashqari oylik doirasida litsey o‘quvchilari uchun "O‘zavtosanoat” qoshidagi Toshkent politexnika muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Muzeyda o‘quvchilar yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ish faoliyatida foydalaniladigan barcha texnikalar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, avtomobilsozlik tarixi haqida ham o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi. Ekskursiya davomida tashrif buyuruvchilar matematika, astronomiya va zamonaviy texnologiyalar olamiga sho‘ng‘idi, turli trenajyorlarda o‘zini sinab ko‘rdi.


Barcha yangiliklar

Text to speech