20 Fevral 2024 Yil 1529

Poytaxtda giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari davom etmoqda

Toshkent shahrida poytaxt IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Jumladan,

Joriy yilning 30 yanvar kuni Yangihayot tumanida o‘zini shubhali tutgan 2003 yilda tug‘ilgan Saydullayev Abduqaxxor Qodirjon o‘g‘li to‘xtatib xolislar ishtirokida tekshirildi. Uning yonidan 39 dona o‘ramda bo‘lgan “Mefedron” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Suhbat jarayonida A.Saydullayev giyohvandlik vositalarining bir qismini yashirib ulgurganligini maʼlum qilgan va yashirgan joylarini ko‘rsatgan. Xolislar ishtirokida yana 12 dona o‘ramdagi “Mefedron” giyohvandlik vositalari yashirilgan joyidan aniqlangan. Barcha giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan va tegishli hujjatlar bilan tergovga taqdim etilgan.

Mazkur holat yuzasidan A.Saydullayevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, joriy yilning 13 fevral kuni Yakkasaroy tumanida o‘zini shubhali tutgan 2003 yilda tug‘ilgan Nosirov Boburmirzo To‘lqinjon o‘g‘li to‘xtatilib xolislar ishtirokida tekshirilganda yonidan 21 o‘ramdagi qadoqlangan “Mefedron” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan B.Nosirovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Ushbu holatlar yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda, tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu shaxslarning noqonuniy giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganligi, giyohvandlik vositalarini yashirganligi yoki boshqa jinoyatlarga aloqadorligi haqida biror maʼlumotga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud yaqin oradagi IIBga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Barcha yangiliklar

Text to speech