14 Noyabr 2025 Yil 309

Poytaxt IIBBda o‘quv-seminari o‘tkazildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida Tashkiliy boshqarma hamda hududiy Tashkiliy bo‘lim faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi. Unda ijro madaniyati va xizmat intizomini mustahkamlash, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish, tashkiliy bo‘lim va bo‘linmalar faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida fuqarolarni qabul qilish, ariza va shikoyatlar, murojaatlarni belgilangan muddatlarda adolatli va xolisona ko‘rib chiqish, murojaatchilarning haq-huquqlarini to‘liq taʼminlash mavzulari muhokama qilindi.

Tadbirda maʼruzachilar tomonidan ishtirokchilarga ichki ishlar organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarning joylarda ijrosini samarali tashkillashtirish, xizmatni o‘tash davomida vazirlikning meʼyoriy hujjatlari talablariga qatʼiy amal qilish, ijro intizomini taʼminlashga doir chora-tadbirlar bo‘yicha zarur maʼlumotlar yetkazildi. Seminar qatnashchilari yuqoridagi jarayonlar samaradorligi va natijakorligini yana-da oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini ham bayon etib, qator savollariga maʼruzachilar tomonidan javoblar olishdi.

Barcha yangiliklar

Text to speech