25 Mart 2025 Yil 280

Poytaxt IIBB da Navro‘z ayyomi nishonlandi

Muazzam zaminimizda bahor. Yangi kun – Navro‘zning kirib kelishi bilan quyosh nurlari borliqni yangilanish, poklanish, nafosat va go‘zallikka chorlamoqda. Har yonda bahoriy kayfiyat, bayram tantanalari. Poytaxtimiz Ichki ishlar bosh boshqarmasida ham an’anaga ko‘ra Navro‘z tantanalari keng nishonlanmoqda. Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi hududida, milliy an’analarimiz, qadriyatlarimizni o‘zlarida aks ettirgan milliy libos va bezaklarga burkangan tizim barcha sohalarida sidqidildan xizmat olib borayotgan ayol-xodimalarimiz tarixi qadim, barchaning sevimli taomi – tansiq taomi bo‘lgan – sumalak tayyorlashdi. Yengil esayotgan shabada bahor daragini - sumalakning iforini azim shahrimiz uzra taratib, uzoq-uzoqlarga olib ketmoqda. Kim bu iforni tuydiki, barchaning ko‘nglida yengillik va xushkayfiyat, ruhiy ko‘tarinkilik. Jonkuyar xodimalarimiz milliy bahoriy taomlar: ko‘k somsa, ko‘k chuchvara, mehr bilan pishirilgan turli shirinlik va noz-ne’matlar bilan dasturxonni bezatgan. Toshkent shahar IIBB qoshidagi “Nihol” guruhining sozanda va xonandalari o‘z kuy-qo‘shiqlari bilan bayramga o‘zgacha tarovat va fayz bag‘ishladi. Ko‘pchilikning mehnati, xushkayfiyat, quvonch va mehr bilan tayyorlangan sumalakning mazasi esa barchaning og‘zida qolishi shubhasiz.
Nasiba ekan, ishchi tashrifi bilan Toshkent shahar IIBB ga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi IIVning bir guruh delegatsiyasi ham tantana mehmonlari bo‘lishib, bayram zavqu shavqidan bahramand bo‘lishdi. Ruhiy quvvat va ma’naviy ozuqa ulashuvchi Navro‘z tantanalari poytaxtimizning har bir go‘shasi, har bir mahallasida davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Turistlar uchun

1173

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: