15 Noyabr 2023 Yil 1322

Poytaxt hududida tirbandliklarni bartaraf etish va yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga ilmiy yondashiladi

Bugun poytaxtimiz Toshkent shahri kun sayin o‘zgarib nafaqat mintaqaning balki dunyoning yirik markazlaridan biriga aylanib bormoqda, urbanizatsiya, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jihatdan taraqqiyotga yuz tutmoqda. Biroq jahoning barcha yirik shaharlarda bo‘lgani kabi bizda ham yo‘l tarnsport sohasidagi tirbandlik muammosi bugun yechimini kutayotgan masalalardan biriga aylangan.

Toshkent Davlat transport universitetida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Tashpulatov, Toshkent shahar  xalq deputatlari Kengashi deputatlari, Toshkent Davlat transport universiteti raxbariyati va boshqa mutasaddilar hamda talablalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. “Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash, piyodalar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va tirbandliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari” mavzusida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv qizg‘in va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Zamon talablaridan kelib chiqadigan bo‘lsak mavzuga nafaqat amaliy balki ilmiy yondashuv talab etiladi. Bunda tadqiqotchi va olimlarning yangi loyiha hamda ixtirolari zarur yechim bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida professor-o‘qituvchilar, ushbu yo‘nalishda izlanish olib borayotgan ilmiy xodimlar va talaba yoshlarning takliflari, fikr va mulohazalari eshitildi.

So‘zga chiqqan Toshkent shahar IIBB boshlig‘i universitet mutaxassislari va talabalaridan xorijiy tajribani o‘rgangan holda ilmiy yondashib, poytaxtimiz ko‘cha va yo‘llarida tirbandliklarni oldini olish, piyodalar bilan sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalariga barham berish bo‘yicha hamkorlik qilishga chaqirdi.

Uchrashuv so‘ngida universitet professorlari, deputatlar va amaliyotchi xodimlar bilan muammolarni o‘rganib, ilmiy asoslangan holada hal etish choralarini ko‘rish maqsadida ishchi guruh shakllantirishga kelishib olindi.  

Barcha yangiliklar

Text to speech