6 Yanvar 2024 Yil 2770

Poytaxtda voyaga yetmaganlar masalalari yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

Toshkent shahar IIBB hamda prokuratura masʼullari bilan poytaxtda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Majlisda Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi rahbariyati va xodimlari, Toshkent shahar va tuman prokuraturasi xodimlari, tuman IIO FMB HPB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektorlar ishtirok etdi.


Mazkur jarayonda masʼullar tomonidan hududda 2023 yilning 12 oyi davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning sabab va omillari tahlil etilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar bildirildi.


Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilinib, yil davomida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, hamda tuman maktabgacha va maktab taʼlim boshqarmasi, tuman prokuraturasi bilan hamkorlikda xizmat olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


Shu bilan birga xizmat burchini bajarish chog‘ida kamchiliklarga yo‘l qo‘yib, ijrochilik intizomini buzgan xodimlarga intizomiy taʼsir choralari ko‘rilishi haqida ogohlantirish berildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech