21 Noyabr 2023 Yil 354

Poytaxtda dolzarb qirq kunlik tezkor-profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarni oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri va bosh prokurori tomonidan poytaxtda «Dolzarb qirq kunlik” tezkor-profilaktik tadbirlarini o‘tkazish yuzasidan  Qo‘shma farmoyish imzolangan.

Dolzarb qirq kunlik doirasida IIV, Toshkent shahar IIBB, prokuratura, Milliy gvardiya masʼullari hamkorlikda faoliyat olib borib, xalqimiz tinchligini taʼminlash, jinoyatchilikni jilovlash, kriminogen vaziyatni yaxshilash va ijtimoiy profilaktikani kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i general-mayor Aziz Tashpulatov tomonidan Chilonzor tumanida dolzarb qirq kunlik yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha tungi yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnomada ichki ishlar organlari, prokuratura, Milliy gvardiya va boshqa mutasaddi tashkilotlar ishtirok etdi. Amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar haqida har bir xizmatga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech