5 Yanvar 2026 Yil 222

Poytaxt IIBBda Yangi yilning ilk Ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi “Yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish – davr talabi” mavzusiga bag‘ishlandi. O‘zbekiston nodavlat ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi raisi, falsafa doktori Nuriymon Abdulxasan yig‘ilganlarga mavzuning mazmun-mohiyatini keng yoritib berdi. Ma’ruzachi yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor barcha davrlarda muhimligi va dolzarbligini yo‘qotmagani, bugungi globallashuv, axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi jarayonlarida esa bu hayot-mamot masalasiga aylanib borayotganini ta’kidladi. Ta’lim olish, kasb tanlash – inson hayotidagi muhim tanlovlardan biri ekanligi, mustaqil hayotga qadam qo‘yish arafasida turgan yoshlarni kelajakda kim bo‘lish, qaysi kasbni tanlash masalalariga, xususan inson kapitalini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotganligiga urg‘u berildi. Shuningdek, yurtimizda mehnatga layoqatli aholi soni 2000 yilga nisbatan 50 foizga oshib, 20 million kishidan ortiqni tashkil etayotgani,yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib ulg‘ayishlari hamda kasb-hunarga yo‘naltirish dolzarb vazifa ekanligi, shu o‘rinda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarning zamonaviy texnologiya va xorijiy tillarni bilishi, kasbiy ko‘nikma va malakaga ega bo‘lishi zarurligini ta’kidlagani, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlarni misol keltirib o‘tdi.

Yig‘ilganlar ma’ruzani katta ishtiyoq va e’tibor bilan tingladilar. Tadbir yakunida xizmat vazifasini sidqidildan bajarib, yuqori ko‘rsatkichlarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarga navbatdagi unvonlar topshirildi. Unvonlarga sazovor bo‘lgan xodimlar burchi va xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, burchlariga sodiqligini yana bir karra ta’kidladilar.

Barcha yangiliklar

Text to speech