27 Oktyabr 2025 Yil 497

Poytaxt IIBB rahbariyatining navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati binosida IIBB rahbariyatining navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda qriqqa yaqin yuridik va jismoniy shaxslar qabul qilinib, murojaatlari tinglandi hamda qonun doirasida ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 15 tasi qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi, 8 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. 15 nafar murojaatchining murojaati sabablari o‘rganilganda, ular keltirilgan ma’lumotlarni atroflicha o‘rganish, qo‘shimcha tekshiruv va ma’lumotlar to‘plash zarurligi tufayli tegishli muddatlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi va zarur topshiriqlar berildi.


Shaxsiy qabul davomida o‘rganib chiqilgan murojaatlar ichki ishlar organlari faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan murojaatlarni, xususan, surishtiruv va tergov harakatlari, mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish va qayta tiklash, kadrlar masalalari bilan bog‘liq, svetofor va yo‘l belgilarini o‘rnatish, oila-turmush doirasidagi kelishmovchiliklar kabilarni tashkil etdi.


Bu kabi shaxsiy va sayyor qabullar davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech