3 Oktyabr 2025 Yil 392

Shayxontohur tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanida joylashgan Noshirlik-matbaa texnikumi binosida IIBB boshlig‘i, polkovnik Ravshan Sultanxodjayev hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda 54 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qabul qilinib, murojaatlari tinglandi. Murojaatlarni o‘rganish chog‘ida ularning 17 tasi qabulxonaning o‘zida ijobiy hal etildi. 14 tasi bo‘yicha malakali huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. 23 ta murojaatlarda keltirilgan ma’lumotlarni atroflicha tekshirish va qonuniy xulosa chiqarish uchun qo‘shimcha muddatlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, ularning ijrosini ta’minlash borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shaxsiy qabul davomida tushgan 36 ta murojaatlar bevosita ichki ishlar organlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular mazmun-mohiyatiga ko‘ra: surishtiruv va tergov harakatlari, probatsiya hisobidan chiqarish, mol-mulk va pul mablag‘larini undirish, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyati, respublika fuqaroligini olish hamda pasport tizimiga oid va boshqalarni tashkil etdi. Ta’kidlash joizki, bu kabi qabullar jarayonida fuqarolarning murojaatlari, savollariga e’tibor va individual yondashuv orqali ularning haq-huquqlariga, insoniy manfaatlariga hurmat va kafolat namoyon etilmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech