28 Dekabr 2023 Yil 3705

Pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

Joriy yilning 25 dekabr kuni taxminan soat 00.30 larda Mirzo Ulug‘bek tumanida faoliyat olib borayotgan YPX inspektorlari Laceti rusumli avtomashina to‘xtatildi. 1997 yilda tug‘ilgan J.A. boshqaruvida bo‘lgan ushbu avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda 88 qutida 13 million so‘mga teng bo‘lgan pirotexnika vositalari borligi aniqlangan. O‘tkazilgan tekshiruv jarayonida J.A. ushbu pirotexnika vositalarini internet orqali sotib olganligini va Toshkentda sotmoqchi bo‘lganligini maʼlum qilgan.


Mazkur holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar va ashyoviy dalillar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudiga taqdim etilgan.  


Pirotexnika vositalarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish borasida poytaxt hududida o‘tkazilayotgan tadbir boshidan jami 7 829 30 870 so‘mlik 9 679 400 dona pirotexnika vositalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan. 1 737 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan. Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 185 prim1-moddasiga asosan 988 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan, Jinoyat kodeksining 205 prim1-moddasiga asosan 22 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Hurmatli fuqarolar, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Barcha yangiliklar

Text to speech