16 Mart 2026 Yil 273

Payshanba — profilaktika kuni

“Payshanba” profilaktika kuni munosabati bilan, Yangihayot tumani 332-sonli umumtaʼlim maktabida Yangihayot tumani IIO FMB XPB XQMB katta inspektorlari R.T. Binali hamda kapitan X.X. Boyqo‘ziyeva ishtirokida maktab o‘quvchi qizlari bilan “Erta tug‘ruqning oldini olish” mavzusida profilaktik yig‘ilish tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchi qizlarga yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, erta nikoh va erta homiladorlikning salbiy oqibatlari, ona va bola salomatligiga taʼsiri haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, qizlarga o‘z salomatligiga masʼuliyat bilan yondashish, taʼlimga jiddiy eʼtibor qaratish, hayotda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish muhimligi taʼkidlab o‘tildi.

Yig‘ilish davomida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va turli salbiy holatlarning oldini olish, qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek ularning kelajagi uchun bilim va tarbiyaning ahamiyati haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

 

Barcha yangiliklar

Text to speech