10 Oktyabr 2025 Yil 422

Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni

Profilaktika kuni doirasida poytaxtimizning Mirobod tumanida IIO FMB va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hamda jamoat tashkilotlari hamkorligida qator profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Xususan, kiberjinoyatlar, o‘g‘irliklar, avtoulovlarni olib qochish jinoyatlarining oldini olish, muqaddam sudlangan, probatsiya hisobida turuvchi mahkumlar va profilaktik hisobda turgan jinoyat sodir etishga moyil shaxslar, uyushmagan yoshlar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, maktab ichki ro‘yxatida turuvchi o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.

Shuningdek, tumanning “Chinor” mahallasida istiqomat qiluvchi profilaktik hisobda turuvchi fuqarolarning xonadonlarida bo‘lib profilaktik-tushuntirish ishlari olib borildi. “Tolariq” mahallasida yashovchi, 1982 yilda tug‘ilgan E.A, tomonidan turmush o‘rtog‘i, 1983 yilda tug‘ilgan N.T.ga nisbatan sodir etilgan ruhiy zo‘ravonlik holati mahalla raisi, xotin-qizlar faoli ishtirokida xonadonbay o‘rganilib, tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirildi. “Bilimdon” mahallasida yashovchi Yu.A.ning turmush o‘rtog‘i T.X. bilan oilaviy kelishmovchiligi bo‘yicha murojaati o‘rganilib, qo‘riqlash pulti o‘rnatib berildi. Profilaktik tadbirlar tumanda joylashgan umumtaʼlim maktablarida ham o‘tkazilib, o‘smir-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish, kiberxavfsizlik, kibertahdidlarga qarshi immunitet hosil qilish, huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga urg‘u berildi. Shuningdek, o‘quvchilarning davomadi tekshirildi. Tuman IIO FMB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olish bo‘limi xodimlari “Abdulla Avloniy” mahalla fuqarolari bilan uchrashuvi, maktablarga tashrifi chog‘ida, o‘quvchilarga ijtimoiy tarmoqlarda sodir etilayotgan kiberjinoyatlar, yot buzg‘unchi g‘oyalar, kibertahdidlardan ogoh etib, ulardan himoyalanishning zamonaviy usullari haqida tushuntirish va yo‘l-yo‘riqlar berishdi. Shuningdek, jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan videoroliklar namoyish etilib buklet va flayerlar tarqatildi. “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasidagi bu kabi profilaktik tadbirlar poytaxtning barcha tumanlarida amalga oshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech