Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari uchun sayyor o‘quv-seminarlari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati saf bo’linmalari xodimlari uchun “E-patrul” tizimi, planshetlardan foydalanish tartibi yuzasidan kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida, ikki kunlik sayyor o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg’ulotlarni IIV Kasbiy tayyorgarlik boshqarmasi, Malaka oshirish instituti, Jamoat tartibini saqlash xizmati, shuningdek, Axborot texnologiyalari, aloqa va axborotni himoyalash boshqarmasi mutaxassislari tomonidan interfaol metodlardan foydalangan holda o’tkazilmoqda.
Sayyor o‘quv-seminar mashg‘ulotlari yakunida xodimlardan “E-patrul” tizimi, planshet va bodikameralardan foydalanish bo‘yicha yakuniy sinov imtihonlari qabul qilinadi. Imtihonlami muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirilishi rejalashtirilgan.