19 Dekabr 2023 Yil 7800

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e'lon qilinadi

Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi PQ-3413-son hamda

2021 yil 15 apreldagi PQ-5076-son qarorlari talablari asosida o‘tkaziladi.

 

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;

- Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turishi;

- Yoshi 18 yoshdan kichik, 30 yoshdan katta bo‘lmasligi;

- Erkaklar muddatli yoki safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi (zahiradagi ofitserlar tarkibi qabul qilinmaydi);

- Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi.

 

Malaka oshirish institutining Kasbiy tayyorgarlik fakultetida
Toshkent shahar
ichki ishlar organlarining quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

- Yo‘l-patrul faoliyati (bo‘y erkaklar 175sm / ayollar 170sm);

- Pasport tizimini ta’minlash faoliyati (bo‘y erkaklar 165 sm / ayollar 160 sm);

- Jamoat tartibini saqlash faoliyati (bo‘y erkaklar 170 sm / ayollar 165 sm)

 

Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan fuqarolar quyidagi hujjatlari bilan 2023 yilning 20 dekabr kunidan
2024 yilning 20 yanvar kuniga qadar
(soat 09:00 dan 17:00 gacha) Toshkent shahar
IIBB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati Ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilish markaziga (Toshkent shahar, Mirobod tumani, Said Baraka ko‘chasi, 7-uy) kelishlari so‘raladi:

- biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi doimiy yashash manzili bilan;

- harbiy guvohnoma (erkaklar uchun);

- oliy ma’lumotni tasdiqlovchi hujjat (diplom).

 

Eslatma: belgilangan kunlardan keyin murojaat etgan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi.

Barcha yangiliklar

Text to speech