21 Oktyabr 2024 Yil 1193

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar IIBB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazilgan navbatdagi Maʼnaviyat va maʼrifat darsi “O‘zbek tili – o‘zligimiz timsoli” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakili Abdumurod Tilavov maʼruza qildi. U o‘z nutqida, o‘zbek tili jonajon Vatanimizda yashayotgan barcha fuqarolarimiz uchun aziz va qadrli tilga aylanishi, uning jozibadorligini oshirish uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etishimiz zarurligini taʼkidlab o‘tdi. Zero, til – o‘zligimizni anglash ramzi, unga bo‘lgan hurmat, xalqimizga, uning betakror madaniyati va tarixiga hurmatdir.

Tadbir yakunida yig‘ilish ishtirokchilarga “Tahlilnoma” axborot dasturi hamda “Saylov-2024” nomli videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, 21 oktyabr - "O‘zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli Toshkent akademik litseyida “Siz tilni asrangiz!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu bayram tadbiriga mehmon sifatida o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriyning nabirasi Mahzuna Qodiriy tashrif buyurdilar.

Bir-biridan mazmunli sahna ko‘rinishlari hamda iqtidorli o‘quvchilarning ifodali sheʼr va qo‘shiqlar aytishi barchani birdek quvontirdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, o‘quvchilar ushbu bayramdan ham maʼnaviy ham madaniy ozuqa olishdi. 


Barcha yangiliklar

Text to speech