23 Sentyabr 2024 Yil 1144

Ozarbayjon Respublikasi delegatsiyasi matbuot xizmati vakillari Toshkent shahar IIBBga tashrif buyurdi

Joriy yilning 22-25-sentyabr kunlari Toshkent shahrida “Raqamli asrda haqiqatni izlab: Dezinformatsiyaga qarshi kurashish” mavzusidagi O‘zbekiston-Ozarbayjon Media-forumini hamda Ozarbayjon Ommaviy axborot vositalari vakillarining press-turi rejalashtirilgan. Mazkur tadbir doirasida Ozarbayjon Respublikasi Ichki ishlar hamda Mudofaa vazirligining matbuot xizmati vakillaridan tashkil topgan delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida bo‘lishdi.


Delegatsiya aʼzolari Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi faoliyati bilan tanishib chiqishdi. Mehmonlar markazda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan tanishib, markaz tomonidan Bosh boshqarma sohaviy xizmatlari faoliyati, xodimlar ish jarayonini ommaviy axborot vositalarida yoritilishi hamda yaratilgan ijodiy materiallar tomosha qilishib, markaz xizmatiga tatbiq qilingan yondashuvlarga yuqori baho berdilar. Shuningdek, ularga ayni kunda kriminogen vaziyat haqida aholiga keng qamrovli ishonchli axborot yetkazish, ichki ishlar organlari imijini shakllantirish borasida tayyorlanayotgan media mahsulotlar hamda roliklar namoyish etildi.


Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuv mobaynida mehmonlar yurtimizda olib borilayotgan islohot va ichki ishlar tizimining bugungi qiyofasi haqida iliq fikrlar bildirishdi. Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon respublikasi delegatsiyasining yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech