Yakkasaroy tumanida “Dolzarb 90 kun” va “Xavfsiz tun” oyligi doirasida jamoat xavfsizligi va osoyishtalikni taʼminlashga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Tuman Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan tungi saflanish tadbirida tuman prokurori, IIO FMB boshlig‘i, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari hamda boshqa masʼullar ishtirok etdi.
Shuningdek, «Dilbuloq» mahallasida o‘tkazilgan muloqotda “Mahalla yettiligi” vakillari bilan birga, Prezidentning 2025 yil 3 yanvaridagi 1-sonli qarori ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbirlar davomida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, fuqarolarning osoyishta hayotini taʼminlash borasidagi vazifalar muhokama qilinib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Taʼkidlandiki, osoyishtalik faqat huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning emas, balki jamiyatning har bir aʼzosining umumiy burchi va masʼuliyatidir.