26 Iyul 2025 Yil 536

“Osoyishtalik – Har Birimizning Burchimiz”

Joriy yilning 15-iyul kunidan, 15-avgust kuniga qadar Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri Yakkasaroy tumanida ham bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir tuman Ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilib, unda tuman hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, IIO FMB boshlig‘i Alisher Murodov, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari hamda “mahalla yettiligi” ishtirok etdi.

Tadbirning bosh maqsadi – mahallalarda xavfsiz va barqaror muhit yaratish, jamoat tartibini ta’minlash hamda fuqarolar uchun osoyishta hayot sharoitlarini kafolatlash masalalarini yanada takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.

Unda so‘zga chiqqanlar jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik choralarni kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berib, mavjud vazifalarni muhokama qildilar.

Yig‘ilish yakunida barcha mas’ul xodimlarga “Dolzarb 90 kun” hamda “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbiri doirasidagi tadbirlarni samarali o‘tkazish, profilaktik ishlarni yanada innovatsion yondashuvlar asosida olib borish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Unutmang! Osoyishtalik va xavfsizlik – bu nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki jamiyatning har bir a’zosining umumiy burchi va mas’uliyatidir.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Barcha yangiliklar

Text to speech