31 May 2024 Yil 2362

O‘quv markazidan o‘g‘rilik holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Uchtepa tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, joriy yilning may oyida, noma'lum shaxs o‘quv markazining kirish eshigini buzib kirib, telefon va noutbukni o‘g‘irlab ketgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan 30 yoshli Mirjalol K. aniqlanib, qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar yordamida uy-joy va mol-mulkingizni, qolaversa, o‘zingizning xavfsizligingizni ta'minlashga keng imkoniyatlar yaratilgan. Xonadoningiz va mulkingiz daxlsizligini istasangiz Markazlashgan qo‘riqlash markazi himoyasiga topshirishingizni tavsiya etamiz.

Barcha yangiliklar

Text to speech