27 Dekabr 2025 Yil 285

Yangi yil munosabati bilan xodimlar farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Toshkent shahar Qoʻriqlash xizmatida Yangi yil munosabati bilan xodimlarning farzandlari uchun bayram tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir bolajonlarga quvonchli lahzalar ulashish, ularning kayfiyatini koʻtarish hamda Yangi yil shukuhini ulashishga qaratildi.

Dastur doirasida bolalar uchun xizmat mashinalari namoyish qilinib, animatorlar ishtirokida turli koʻngilochar chiqishlar, qiziqarli oʻyinlar va interaktiv mashgʻulotlar tashkil etildi. Natijada ishtirokchilar uchun haqiqiy bayramona muhit yaratildi.

Tadbirning asosiy qismi anjumanlar zalida davom ettirilib, unda Yangi yil kayfiyatini uygʻotuvchi maxsus konsert dasturi namoyish etildi. Qoʻriqlash departamenti ansambli xonandalari tomonidan ijro etilgan sahna koʻrinishlari, qoʻshiqlar va raqslar tadbirga yanada fayz bagʻishladi. Shuningdek, bolalar oʻrtasida intellektual bellashuvlar, qiziqarli tanlovlar va viktorinalar oʻtkazilib, faol qatnashgan ishtirokchilarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Ushbu bayram tadbiri Qoʻriqlash xizmati tizimida xodimlar hamda ularning oilalariga boʻlgan eʼtiborning yana bir yorqin ifodasi boʻlib, bolalarga quvonch, ijobiy tuygʻular va Yangi yil shukuhini ulashdi.

© Qo‘riqlash Departamenti | rasmiy kanal

Barcha yangiliklar

Text to speech