1 Aprel 2024 Yil 1160

Olmazor tumanida sayyor sud bo‘lib o‘tdi

Olmazor tumani IIO FMB probatsiya bo‘limi nazoratidagi shaxslar ishtirokida “Islomota” mahаllasida sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudi sudyasi A.Nurmuxamedov qatnashdi.

Sudda insonparvarlik tamoyiliga tayanib, mehnatga halol munosabatda bo‘lgan va jazo o‘tash tartib-qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan, xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 7 nafar shaxs muddatidan ilgari o‘tayotgan jazolaridan shartli ravishda ozod qilindi.

Shuningdek, majlisda ishtirokchilarga qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar borasida maʼruza qilinib, mahkumlarning fikr va mulohazalari tinglandi. 

Barcha yangiliklar

Text to speech