Yoshlar – jamiyatning kelajagi, taraqqiyotimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi. Shu boisdan, ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot, ularning muammo va takliflarini tinglash, fikr almashish juda muhim ahamiyatga ega.
“Xavfsiz va sog‘lom dargoh” oyligi munosabati bilan, Olmazor tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik Mahkam Vafoyev tumanda joylashgan “Sarbon” universiteti talabalari, shuningdek Toshkent Farmatsevtika instituti Akademik litseyida tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan “Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish”, “Xavfsiz kibermakon” mavzularida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda taʼlim muassasalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari tarqalishining oldini olish, ularning og‘ir oqibatlari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek huquqiy savodxonlik masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi. Mazkur targ‘ibot tadbirlari yoshlar ongida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, ularni salbiy illatlardan ogoh etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilmoqda.
Bu kabi profilaktik, ogohlantirish tadbirlari tumanning barcha mahallalari, o‘quv yurtlari va muassasalarida muntazam ravishda o‘tkazilmoqda.