11 Sentyabr 2025 Yil 268

Olmazor tumani IIO FMB rahbariyati Toshkent Davlat Texnika Universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvning asosiy maqsadi — oliy taʼlim muassasalarida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuchli taʼsir etuvchi dori preparatlari tarqalishining oldini olish, ularning og‘ir oqibatlari bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.

Shuningdek, uchrashuv davomida bugungi kunda dolzarb bo‘lib turgan Kiber jinoyatlarga qarshi kurash masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Mazkur targ‘ibot tadbiri yoshlar ongida huquqiy bilimlarni mustahkamlash, ularni salbiy illatlardan ogoh etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratildi.

© Olmazor tumani hokimligi

Barcha yangiliklar

Text to speech